Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp IShIDni kattalashib borayotgan saraton o‘simtasiga qiyosladi
AQSh prezidenti Donald Tramp IShID terrorchilik guruhini butun dunyo bo‘ylab o‘sib borayotgan saraton o‘simtasiga qiyosladi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.
"Biz harbiylarimizga dunyoning katta hududlarida begunoh odamlarni qiynayotgan IShIDga qarshi reja ustida ishlayotgan general, endilikda mudofaa vaziri Mettisni yubordik", deb aytdi Tramp.
Trampning aytishicha, IShID avval dunyoning turli burchaklarida kichik guruhlar shaklida bo‘lgan, endi esa uning ta'siri kattalashgan.
"Ular saraton kabi tarqamoqdalar. IShID saraton kabi tarqagan. Bu mening oldimda turgan yana bitta muammo", deb ta'kidlab o‘tdi AQSh prezidenti.
Avvalroq CNN telekanali Pentagon IShIDga qarshi kurash uchun AQShning doimiy jangovar bo‘linmalarini Suriya shimolida joylashtirish tavsiyasi bilan chiqishi mumkinligini ma'lum qilgandi.