Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Olimpiada sovrindorlari Qozog‘istonda mag‘lub bo‘lishdi
Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 2-turi doirasida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Beshta jangdan iborat musobaqada qozog‘istonlik bokschilar umumiy hisobda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Avvaliga 52kg.gacha vazn toifasida Abrorjon Qodirov qozog‘istonlik O‘ljas Sattiboyevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Besh raund yakunlariga ko‘ra, Sattiboyev 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi jangda 60kg.gacha vaznda Zakir Safiullin olimpiada o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliyevni mag‘lub etdi — 3:0. Uchinchi jangda yana bir olimpiada o‘yinlari sovrindori Shahram G‘iyosov 69kg.gacha vazn toifasida Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tarildi. Dastlabki ikki raundi o‘z foydasiga hal qilgan Shahram keyingi raundlarni bo‘sh o‘tkazdi va yakunda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
81kg.gacha vaznda esa Bektemir Meliqo‘ziyev Nurdaulet Jarmanovga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozondi — 3:0. Biroq +91kg vaznda ringga chiqqan Bahodir Jalolov Kamishbek Kunkabayevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yakuniy hisob 4:1, Astana Arlans foydasiga.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi
09:20 / 13.04.2025