Özbekistonlik professional boksçi Şahram Ğiyosov (17−0, 10 KO) 13 aprelga ötar keçasi Atlantik-Sitida ötkazilgan jangda argentinalik Franko Maksimiliano Okampo (17−3, 8 KO) ustidan ğalaba qozondi. U bu orqali yarim örta vazn toifasida (-66,7 kg) WBA çempionlik kamari uçun majburiy da’vogar maqomini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Argentinalik boksçi birinçi raundda faol harakatlanib, qarşi hujumlar uyuştirdi, joylaşuvini tez-tez özgartirgan holda yaxşi himoyalandi. Ammo birinçi raund sönggida Ğiyosov çap qölda huk zarbasini yöllab, hujumni davom ettirdi va raqibni nokdaun holatiga tuşirdi. Okampo örnidan kötarilib, jangni davom ettirdi, ammo navbatdagi hujumlarni ham ötkazib yubordi, faqat bong çalinişi uni qutqarib qoldi.
Keyingi raundlarda özbekistonlik boksçi jangni yakunlab qöyişga şoşilmadi va tartib bilan harakatlanişda davom etdi. Törtinçi raundda esa işni tugatişga qaror qildi: öng qöldagi kuçli zarba raqibning jigar qismiga aniq bordi va Okampo tiz çökib qolib, jangni davom ettira olmaydigan böldi. 10 raundga möljallangan jang 4-raunddayoq nihoyalandi.
Şunday qilib, Ğiyosov professional boksdagi 17-jangida 17-ğalabasini qölga kiritdi. Şundan 10 tasida nokaut qayd etilgan.
Endi Şahram Ğiyosov Jaron Ennis – Eymanton Staniosis töqnaşuvi ğolibiga qarşi WBA va IBF kamari uçun jang ötkazadi.
Okampoga qarşi jangdan keyingi intervyu vaqtida oilasidagi fojia bilan boğliq savol berilganda özbekistonlik boksçi yiğlab yubordi va qiziga jahon çempioni bölişga va’da berganini, imkon berilsa, bu işni uddalaşga harakat qilişini aytdi.
«Men uçun bu juda, juda, juda oğir böldi. Bu qiyin [maşğulot] lageri edi, çunki men qizimni yöqotdim. U meni körib turibdi. U hozir menga qarab turibdi. U meni duo qilyapti. Men unga va’da berganman... Men jahon çempioni bölişni xohlayman. Men uni sevaman», – dedi u közlariga yoş olib.
Ğiyosov, şuningdek, uning çiqişi nafaqat sportdagi muvaffaqiyat, balki şaxsiy va’dasining bajarilişi ekanini ta’kidladi: «Bu jang – qizim uçun. Bu ğalaba uning uçun. Keyingi jang... Qizimga va’da beraman – jahon çempioni bölaman. U menga işonardi. Men şunday qildim. Men buni bilaman. Menga imkoniyat bering va men buni qilaman».
Ğiyosov muvaffaqiyat jamoaning uyuşqoqlik bilan işlaşi natijasi ekanligini ta’kidladi: «Jamoa bilan astoydil işladik. Bizda haqiqiy öquv-maşğulot lageri bor edi. Biz tana bilan köp işladik, tanaga zarbalar va nokaut uçun kombinatsiyalarga urğu berdik. Va biz buni uddaladik – biz buni qildik».








