O‘zbekiston | 13:38 / 18.02.2017
75783
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar berdi IIVning «Postda» nashri.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Hayotjon Soliyev, Farg‘ona viloyati Beshariq tuman IIBga - podpolkovnik Ilhomjon Sotvoldiyev,  Dang‘ara tuman IIBga - podpolkovnik Rustamjon Tojiyev, Qo‘shtepa tuman IIBga - podpolkovnik Dilshod Ro‘zmatov boshliq etib tayinlandi.

Shuningdek, Termiz IIBga podpolkovnik Sharofiddin Saidov, Surxondaryo viloyati Termiz tumani IIBga podpolkovnik Jahongir Hasanov, Jarqo‘rg‘on IIBga podpolkovnik Roziq Sobirov, Boysun tuman IIBga podpolkovnik Sherqo‘zi Sattorov, Qumqurg‘on tuman IIBga mayor O‘tkir Shukurov boshliq bo‘ldi.

Buxoro viloyati Peshku tumani IIBga mayor Erkin Safarov boshliq etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent IIBB Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga podpolkovnik Behzod Sayfullayev, poytaxt IIBB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga podpolkovnik Elbek Xayrullayev, Sirdaryo viloyati Guliston shahar IIBga podpolkovnik Bahriddin Qarshiboyev boshliq etib tayinlangandi.

Mavzuga oid