Özbekiston Içki işlar vazirligi tizimida bir qator özgarişlar amalga oşirildi, deb xabar berdi IIVning «Postda» naşri.

Farğona viloyati Farğona şahri IIB boşliği etib podpolkovnik Hayotjon Soliyev, Farğona viloyati Beşariq tuman IIBga - podpolkovnik Ilhomjon Sotvoldiyev,  Danğara tuman IIBga - podpolkovnik Rustamjon Tojiyev, Qöştepa tuman IIBga - podpolkovnik Dilşod Rözmatov boşliq etib tayinlandi.

Şuningdek, Termiz IIBga podpolkovnik Şarofiddin Saidov, Surxondaryo viloyati Termiz tumani IIBga podpolkovnik Jahongir Hasanov, Jarqörğon IIBga podpolkovnik Roziq Sobirov, Boysun tuman IIBga podpolkovnik Şerqözi Sattorov, Qumqurğon tuman IIBga mayor Ötkir Şukurov boşliq böldi.

Buxoro viloyati Peşku tumani IIBga mayor Erkin Safarov boşliq etib tayinlandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent IIBB Xorijga çiqiş, kiriş va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasiga podpolkovnik Behzod Sayfullayev, poytaxt IIBB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasiga podpolkovnik Elbek Xayrullayev, Sirdaryo viloyati Guliston şahar IIBga podpolkovnik Bahriddin Qarşiboyev boşliq etib tayinlangandi.