Qirg‘izistonda Rossiya elchixonasining mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi avtomashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 1955 yilda tug‘ilgan mikroavtobus haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi. Bu ma'lumotni «24.kg» agentligining sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasi tasdiqlagan.
17 fevral kuni diplomatik raqamlarga ega va Rossiya elchixonasiga tegishli bo‘lgan Toyota Prado avtomobili Manas aeroporti yo‘lida harakatlanayotgan Mercedes-Benz Sprinter yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Toyota Prado ichida elchixonaning 2 nafar xodimi bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobillardan biri svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida chorrahaga katta tezlikda kirib kelgan. Haydovchilarning ikkisi ham shifoxonaga yotqizilgan. Olingan jarohatlar oqibatida Mercedes-Benz Sprinter haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.
Shu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchisi Aleksey Mzareulov Qirg‘iziston TIVga chaqirilgan. Uchrashuv chog‘ida TIVning notasi topshirilib, hodisa bo‘yicha tergov ishlarini olib borishda Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralariga keng ko‘lamli yordam berish, shu jumladan, YTHda ishtirok etgan kishilardan birining shaxsiy ishtirokini ta'minlash haqida so‘z borgan.
Rossiya elchixonasi vakili marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan hamda elchixona xodimlari ushbu baxtsiz hodisaga doir tergov ishlarida hamkorlik qilayotganini qayd etgan.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024