Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Bosh shtabi harbiylarining Rossiyaga borishiga ruxsat beradi
Turkiya Bosh shtabi mamlakat harbiy xizmatchilarining Rossiyaga safar qilishiga o‘rnatilgan taqiqni bekor qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Turkiya harbiy-havo kuchlari 2015 yil noyabr oyi oxirlarida Turkiya-Suriya chegarasida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirganidan so‘ng, ushbu taqiq joriy qilingan edi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Agentlikning harbiy manbalariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanganidan so‘ng, ushbu taqiq muhokamalar mavzusi bo‘lgan. Turkiya Bosh shtabi turli harbiy tuzilmalarga shu masalada murojaat qilgan, ular taqiq bekor qilinishini yoqlab fikr bildirishgan. Bu qarash Turkiya TIV va mudofaa vazirligiga ham yetkazilgan.
Turkiya Qurolli kuchlari me'yoriy hujjatlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar bir taqvim yilida 30 kungacha xorijiy mehnat safarida bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, ular malaka oshirish va seminarlarda qatnashishlariga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:11 / 12.06.2026