Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiyada referendum kuni uning qayta tiklanishi kuni bo‘ladi
2017 yil 16 aprelda Turkiyada konstitutsiyaviy referendum o‘tkaziladi va bu kun mamlakatning qayta tiklanishi kuni bo‘ladi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘aziantep viloyatida bir qator obektlar ochilishi vaqtida.
Uning aytishicha, Turkiya fuqarolari referendumda ularning imkoniyatlariga ishonmaganlarga saboq berib, o‘z istaklarini bildiradilar.
"Konstitutsiyaga prezident boshqaruvi shakli kiritilayotgani bilan bog‘liq o‘zgarishlar kiritilishiga qarshi chiqayotgan nodonlar bir yolg‘onni takror-takror qaytarmoqdalar", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Turkiyada 55 mln 336 ming 960 nafar saylovchi qayd etilgan bo‘lib, ular uchun bu kuni 164 ming saylov uchastkasi xizmat ko‘rsatadi.
Xorijda yana 2 mln dan ko‘proq saylovchi bor, ular Turkiyaning 57 ta davlatdagi 119 ta diplomatik vakolatxonalarida yoki mamlakatning 32 ta nazorat-o‘tkazish punktlarida ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
Xorijda referendum bo‘yicha ovoz berish 27 mart-9 aprel kunlari, nazorat-o‘tkazish punktlarida esa 27 mart-16 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Turkiya konstitutsiyasiga quyidagi o‘zgarishlarni kiritish taklif qilinmoqda:
- deputatlar sonini 550 dan 600 nafargacha oshirish. Qayta saylanishlar amaliyoti bekor qilinadi, "zaxira" deputatlar tizimi kiritiladi;
- davlat rahbari etib saylangan shaxs partiya safini tark etadi;
- davlat rahbari lavozimiga nomzodni qo‘yish uchun 100 ming saylovchining imzosi talab etiladi;
- prezident davlat tizimi rahbari bo‘ladi. Prezident vitse-prezident, vazirlar va yuqori mansabdor shaxslarni tayinlash vakolatiga ega bo‘ladi;
- qayta saylovlar o‘tkazish qarorini ham parlament, ham prezident qabul qila oladi;
- qonunchilik va ijrochi hokimiyat organlariga saylovlar bir kunda o‘tkaziladi;
- mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini prezident e'lon qila oladi. Prezidentning favqulodda vaziyat tartibi bo‘yicha qarorini parlament tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026