Jamiyat | 00:18 / 19.02.2017
24763
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an o‘z tansoqchisiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi

Turkiyaning sharqidagi Elyazig shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tansoqchisini avtobus bosib ketishiga bir baxya qoldi, deb yozmoqda Milliyet nashri.

Tansoqchi Erdo‘g‘an ketayotgan avtobus g‘ildiraklari ostiga tushgan. Voqea Erdo‘g‘an korteji shahar markazidan ketayotgan vaqtda yuz bergan.  

Oqibatda tansoqchi jarohat olgan va Erdo‘g‘anning shaxsan o‘zi unga yordam bergani avtobusdan tushgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prezident va tansoqchi anchadan beri bir-birlarini taniydilar.

Erkak turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, uning hozirgi ahvoli haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid