O‘zbekiston | 21:38 / 19.02.2017
39637
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «Lukoyl» AYoQShda Rossiyadan keltirilgan yoqilg‘i sotiladi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida «Lukoyl» (Rossiya) kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi yaqin vaqtlar ichida ish boshlaydi.

«Lukoyl»ning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilinishicha, kompaniyaning ushbu shoxobchasida Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan neftni qayta ishlash zavodlaridan keltirilgan mahsulotlar sotiladi.

Bundan avvalgi xabarlarda AYoQShda AI-92, AI-95 benzin markalari va dizel yoqilg‘isi sotilishi aytilgandi. Shoxobcha hududida minimarket va qahvaxona ham bo‘ladi.

UzGazOil AYoQShlarining bir qismi «Lukoyl»ga o‘tishi mumkin

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid