Jahon | 09:24 / 19.02.2017
9367
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp NATO a'zolaridan badallarni to‘lab qo‘yishni talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO tarafdori bo‘lib qolishini aytdi va shu bilan birgalikda alyansning ko‘plab a'zolari "hisob bo‘yicha to‘lamayotgani"ni qayd etdi.

"Biz kechagi urush sadolarini unutishimiz kerak. Biz o‘zimizga foyda keltirmayotgan janglarda qatnashyapmiz, biz boshqalar o‘zimizga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘layotgan janglarda qatnashyapmiz. Men NATOning muxlisiman, biz himoya qilayotgan ko‘plab davlatlar juda boy davlatlar, lekin ular hisob bo‘yicha to‘lashmayapti. Ular bizga yordam berishi kerak", degan Tramp Floridada tarafdorlari qarshisida chiqishi vaqtida.

Prezidentning chiqishi Amerika telekanallari orqali translyatsiya qilindi.

Avvalroq AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis NATO bo‘yicha sheriklarini agar Yevropa mamlakatlari mudofaaga ko‘proq pul ajratishni boshlamasa, AQSh o‘zining alyansdagi hissasini kamaytirishi haqida rasman ogohlantirgan edi.

Mavzuga oid