Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara va Vashingtonning Suriya bo‘yicha fikrlari yaqinlashmoqda
Boshqa davlatlar pozitsiyalaridan qat'iy nazar, Turkiya barcha terrorchilik tashkilotlari borasida yagona yondashuvga amal qiladi, deb aytdi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush Anqaradagi matbuot-anjumanida.
Uning aytishicha, rasmiy Anqara IShID va "Xalq mudofaasi otryadlari" jangarilarini terrorchilar sifatida qabul qilishda davom etadi.
Kurtulmushning ta'kidlashicha, Suriyaning Al-Bob shahrini IShID terrorchilaridan ozod qilish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. Uning aytishicha, Anqara Al-Bobdagi operatsiya modelini Raqqani ozod qilishda ham qo‘llashni taklif qilmoqda.
"Operatsiyada mahalliy kuchlar faol rol o‘ynashi mumkin, xalqaro hamjamiyat – Turkiya, AQSh va boshqa davlatlar ularga logistik ko‘mak ko‘rsatadilar. Biroq Raqqa ozod qilingandan keyin bu shahar boshqa bir terrorchilik tashkiloti nazoratiga topshirilishi kerakmasligi juda muhimdir. Turkiyaning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi juda aniq va ravshandir. Natijalariga ko‘ra Turkiyaning bo‘lg‘usi operatsiyada ishtirok etishi masalasi oydinlashadigan muhokamalar olib borilmoqda", deb aytdi Kurtulmush.
Kurtulmush AQSh hukumati vakillarining Turkiyaga safarlariga izoh berib, Anqara va Vashingtonning Suriya bo‘yicha fikrlari yaqinlashayotganini ta'kidlab o‘tdi.
"Shuningdek, "Parallel davlatlar" terrorchilik oqimi yetakchisi Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishi masalasi bo‘yicha ijobiy qadamlar uchun asos yaratuvchi omillar mavjud", deb aytdi Kurtulmush.
Mavzuga oid
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44 / 23.01.2026
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37 / 23.01.2026
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
14:35 / 23.01.2026