Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2017 yilda temir yo‘l loyihalariga 116 mlrd dollar sarflaydi
Xitoy hukumati joriy yilda 35ta yirik temir yo‘l loyihasini amalga oshirish uchun davlat byudjyetidan 800 mlrd yuan (116 mlrd AQSh dollari) miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Global Times nashri yozmoqda.
Yangi po‘lat magistrallar, xususan, 2,1 ming kilometr bir tomonli, 2,5 ming kilometr ikki tomonli hamda qariyb 4 ming kilometrli elektrlashtirilgan yo‘llar shular jumlasidan. Bu ishlarni Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi amalga oshiradi.
Avvalroq, XXR transport vaziri Yan Yuydunning bayonot berganidek, mamlakat hukumati 13-besh yillik (2016-2020 yillar)da temir yo‘llarni rivojlantirishga taxminan 3,5 trln yuan (510 mlrd dollar) mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Bu davr mobaynida Xitoy tezyurar poyezd yo‘llari uzunligi 30 ming kmga yetadi, ya'ni mamlakatdagi yirik shaharlarning 80 foizi yuqori samarali yo‘lovchi va yuk tashish temir yo‘l tarmog‘iga ulanadi.
2016 yili XXR temir yo‘llarining jami uzunligi 124 ming kilometrdan oshib ketdi. Ulardan 22 ming kilometri tezyurar poyezdlar tarmog‘ini tashkil etdi. Hukumat ushbu loyihalarni amalga oshirish va mamlakat transport tizimini rivojlantirish bilan Xitoyning iqtisodiy jihatdan oqsayotgan g‘arbiy mintaqalariga turtki beradi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026