Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksford universiteti o‘z tarixida ilk bor xorijda filial ochmoqchi
Oksford universiteti o‘zining 700 yillik tarixida ilk bor Buyuk Britaniyadan tashqarida filial ochishi mumkin. Bu haqda Telegraph gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik amaldorlar o‘tgan hafta Oksfordga Parijda universitet bo‘limini ochish taklifi bilan kelishgan. Fransiya tomoni bunday filial mahalliy o‘quv muassasasi maqomiga ega bo‘lishi hamda shu tariqa YeI tomonidan Buyuk Britaniya ittifoqdan chiqsa ham moliyalashtirishni saqlab qolishiga ishontirmoqchi bo‘lgan.
Boshqa Britaniya universitetlari ham shunday takliflarni olgan. Agarda bunga rozilik bilan javob qaytarilsa, Parijda talabalar shaharchasi 2018 yilda qurila boshlanadi, deb ta'kidlaydi gazeta.
24 yanvar kuni Buyuk Britaniya oliy sudi hukumat parlament tomonidan tegishli qonun loyihasi ma'qullanmagunga qadar Lissabon kelishuvining 50-moddasini qo‘llay olmasligi haqida qaror chiqardi. Hukumat sud qaroriga asosan 26 yanvarda yarim sahifali qonun loyihasini parlamentga kiritdi.
Hukumat YeIdan chiqish jarayonini rasman mart oxiridan kechiktirmay ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa, Britaniya YeIdan 2019 yilning bahorida chiqishi kerak.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
10:10 / 18.05.2026