Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidentining rafiqasi bir guruh suriyalik ayollar bilan uchrashdi
Turkiya prezidentining rafiqasi Omina Erdo‘g‘an bir guruh suriyaliklar ayollarni kutib oldi. Uchrashuv Anqaradagi Prezidentlik majmuasida gumanitar tashkilotlar va qochqinlarga yordam berishga ixtisoslashgan tuzilmalar vakillari ishtirokida o‘tdi.
Omina Erdo‘g‘an Turkiyaning muhojirlarga nisbatan siyosati hamda qochqinlar oilalaridan bo‘lgan ayollarni ishga joylash bo‘yicha sa'y-harakatlar haqida so‘zlab berdi.
"Biz Turkiyada tug‘ilgan muhojirlar bolalari "yo‘qolgan avlod"ni shakllantirmasliklari va kamida tayanch ta'lim olishlariga intilmoqdamiz. Biz suriyalik yoshlar oliy ta'lim muassasalarimizda ta'lim olishlari tarafdorimiz", deb aytdi Omina Erdo‘g‘an. Uning aytishicha, suriyalik yoshlar uchun Turkiya OTMlarida o‘qish uchun maxsus kvota ajratilgan.

"Muhojirlarning aksariyat qismini ayollar tashkil qiladi, shuning uchun qochqinlarni vaqtinchalik joylashtirish markazlarida ularga maxsus tadbirlar o‘tkaziladi", deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘anning rafiqasi.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya mintaqadagi davlatlar uchun gumanitar qo‘llab-quvvatlov modeli sifatida xizmat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026
Turkiyada aniqlangan noqonuniy migrantlar orasida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda qayd etildi
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
00:30 / 01.03.2026