Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Ozod etilgan Mo‘sul hududida ajoyib drift
Foto:motor.ru
Riot Gear'ning Iroqdagi hamjamiyati ozod etilgan Mo‘sul hududida IShID terrorchilik guruhiga qarshi norozilik sifatida drift o‘tkazdi. BuzzFeed muxbiri Iroq shimolidagi shaharga borib, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish qismini yoritdi.
Rolikda Riot Gear ishtirokchilari avtomobillar yordamida jangarilardan ozod etilgan shahar qismida odatiy hayot tiklanayotganini ko‘rsatib berishga urinishgani haqida hikoya qilinadi.
Biroq shahar hali-hamon harbiy harakatlar hududi bo‘lib qolmoqda – driftchilar jamoasiga xavfsizlikni ta'minlovchi harbiy konvoy hamrohlik qilgan.
Mashg‘ulotlar davomida esa Mo‘sul uzra IShIDga tegishli dronlar payqalgan, buning natijasida mashqlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qilingan.
Bundan tashqari, Quto portalining ta'kidlashicha, BMW “uchtaligida” (E36 kuzovi) yurituvchi val ishdan chiqqan, buning natijasida esa evakuator chaqirishga to‘g‘ri keldi. Biroq driftchilar shahar ko‘chalariga qaytishga va'da berishdi.


Mavzuga oid
11:39 / 01.12.2025
AQSh va Suriya qo‘shma operatsiyasi: IShID qurol omborlariga zarbalar berildi
11:49 / 14.11.2025
Malida jangarilar tiktokchi qizni qatl etdi. Mamlakat poytaxti xavf ostida
10:00 / 10.10.2025
Germaniya sudi IShID jangarisini Tojikistonga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
19:10 / 04.07.2025