Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik musulmon o‘qituvchi AQShga parvoz qilayotgan samolyotga qo‘yilmadi
Britaniyalik matematika o‘qituvchisi Amerika vizasiga ega bo‘lishiga qaramay, AQShga yo‘nalayotgan reysdan olindi. Guardian gazetasining ma'lum qilishicha, o‘qituvchi musulmon bo‘lgan, biroq uning asli qaysi mamlakatdan ekanligi oshkor qilinmagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp "AQShni terrorizmdan himoya qilish to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan. Unga ko‘ra, Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishi 90 kunlik muddatga to‘xtatilgan. Shunday bo‘lsa-da, Britaniya hukumati AQSh bilan bu borada kelishuvga erishganini ta'kidlagan - unda taqiqlov asli kelib chiqishi yuqorida nomlari qayd etilgan mamlakatlardan bo‘lsa ham, Qirollikdan parvoz qilgan fuqarolarga tegishli bo‘lmasligi ma'lum qilingan edi.
Voqea 10 fevral kuni Reykyavik aeroportida sodir bo‘ldi. Matematika o‘qituvchisi Juel Mia AQShga sayyohlik safarini amalga oshirayotgan uelslik maktab o‘quvchilariga hamrohliq qilayotgandi. Reysga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida undan qo‘shimcha tekshiruv uchun chetga o‘tib turish so‘raldi, shundan keyin unga AQShga parvoz qila olmasligi aytildi.

"Bo‘layotgan ishlarga ishongim kelmasdi. Meni u yerdan olib chiqib ketishdi, hatto bir so‘z ham ayta olmadim, o‘zimni xuddi jinoyatchidek his qildim...", - deydi 25 yoshli o‘qituvchi.
Shundan keyin Miani "juda iflos" mehmonxonaga olib borishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab ma'muriyati uni Britaniyaga qaytarish choralarini ko‘rishini kutib, ikki kun tuz totmagan.
O‘qituvchi ishlaydigan maktab joylashgan Nit-Port-Tolbot okrugi kengashi AQShning Buyuk Britaniyadagi elchixonasidan voqeani izohlashni talab qildi. Okrug kengashi bu voqeani "uelslik musulmon kishini asossiz kamsitish" deya baholadi, zero o‘qituvchi Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan.
Buyuk Britaniya TIV bundan xabar topdi. Vazirlikning rasmiy vakili aytishicha, TIV Reykyavikda samolyotga o‘tirishga ruxsat berilmagan kishiga yordam ko‘rsatmoqda.
AQShning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi voqeaga hech qanday izoh bermagan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
17:26 / 23.06.2026
Britaniyada o‘n yil ichida yettinchi bosh vazir almashmoqda. Qirollikni kimdir o‘nglay oladimi?
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:53 / 23.06.2026