Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbassda Axmetovning ikkita zavodi ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Ukrainaning Yenakiyev metallurgiya zavodi va «Krasnodonugol» ko‘mir birlashmasi Donbass temir yo‘l qatnovining to‘silishi va harbiy harakatlar tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda ukrainalik biznesmen Rinat Axmetovga tegishli bo‘lgan «Metinvest» guruhi saytida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, harbiy harakatlar boshlanganidan beri YeMZ temir rudasini yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymoqda. Yasinovataya – Skotovataya temir yo‘lida harakatlanish cheklanganidan so‘ng, xom-ashyo va tayyor mahsulotni tashish umuman imkonsizdir.
Hozirda YeMZda vaqtinchalik konservatsiyaga tayyorgarlik ishlari yakunlangan. «Krasnodonugol»ning 6ta konida ham ishlar to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
23:00 / 27.03.2026
Rossiyalik deputatlar ko‘p yillar davomida birinchi marta AQSh Kongressiga bordi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
14:47 / 27.03.2026
Zelenskiy: «Saudiya Arabistonida Ukrainani qiziqtiradigan narsa bor»
09:33 / 27.03.2026