Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: AQSh Suriya muxolifatiga harbiy yordamni to‘xtatdi
Foto: wjs
Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya Arab respublikasining shimoli-g‘arbidagi muxolifat kuchlariga berilayotgan harbiy yordamni to‘xtatdi. Harbiy ko‘mak dasturini MRB muvofiqlashtirib kelayotgan edi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi muxolifat safidagi qator manbalariga asoslangan holda.
Dastur yanvar oyida ekstremistlarning hujumidan so‘ng to‘xtatilgan edi. Muxolifat qayta tashkil etilgach dastur ijrosi tiklanadi, degan muxolifat vakillari.
Amerikalik rasmiy manbaning Reuters agentligiga ma'lum qilishicha, Suriya muxolifatiga yordamning to‘xtatilishi AQSh rahbariyatining o‘zgarishi va hokimiyat tepasiga prezident Donald Tramp kelishi bilan bog‘liq emas. Manba, shuningdek, bunday keskin qarorga ekstremistlar tomonidan hujum uyushtirilgani sabab bo‘lganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44 / 23.01.2026
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37 / 23.01.2026
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
14:35 / 23.01.2026