Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Sog‘liqni saqlash tizimiga mas'ul bo‘ladi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov endilikda respublikadagi tibbiyot bilan bog‘liq masalalarni ham shaxsan nazorat qiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba ma'lumot bergan.
Xabar qilinishicha, O‘zbekiston hukumatida Sog‘liqni saqlash departamenti o‘rnida yangi sektor tashkil etilgan va bu sektor bosh vazir nazorat qiladigan departament tarkibiga kiritilgan.
Bungacha tibbiyot masalalari bilan bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri Adham Ikromov shug‘ullanardi. U Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport kompleksini boshqarib kelmoqda, lekin bu kompleksdan endilikda sog‘liqni saqlash sohasi chiqarilgan.
Qayd etish kerakki, 21 fevral kuni Adham Ikromov Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ketdi va uning o‘rniga Alisher Shodmonov tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Aripov Abdulla Nig‘matovich Ta'lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga javob beradi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026