Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligida 2 oy içida ikkinçi marta rahbar özgardi.

Soğliqni saqlaş vazirligidagi manbaning tasdiqlaşiça, endilikda vazirlikni Alişer Şodmonov boşqaradi. U 2 oy muqaddam, 2016 yilning 13 dekabrida şu lavozimga tayinlangan Adham Ikromov örnini egalladi.

Bu özgariş sababi keltirilmagan.

Alişer Şodmonov (1962 yilda tuğilgan) — tibbiyot fanlari doktori, professor. Şu vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi edi («Adolat» partiyasi vakili). U deputatlikdan oldin Andijon tibbiyot instituti rektori bölib işlagan.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev fevral oyi boşida Özbekistondagi soğliqni saqlaş tizimini tanqid qilgandi.