Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanukovich: Ukrainadagi vaziyat «qoidasiz jang»ga olib borishi mumkin
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning bayonot berishicha, uning mamlakatini yaqin kelajakda navbatdan tashqari parlament va prezidentlik saylovlari kutmoqda. Yanukovich Rossiya va Ukrainaning ayrim OAVga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan, deb xabar qilmoqda RT agentligi.
«Ukrainadagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Xalq siyosatchilarga ishonmayapti. Barcha siyosiy partiyalar va siyosatchilarning reytinglari past darajada. Agar hozirgi hukumat tinch yo‘l bilan hal etishni boshlamas ekan, navbatdan tashqari parlament va prezident saylovlari bo‘lishi aniq», — degan Yanukovich davlat to‘ntarishiga 3 yil to‘lishi munosabati bilan bergan intervyusida.
Uning taxmin qilishicha, saylovlarda pragmatiklar va radikallar o‘zaro kuch sinashadi. «Bu qoidasiz, keskin kurash bo‘ladi», — deb qayd etgan Ukrainaning sobiq prezidenti.
Viktor Yanukovich, shuningdek, 2014 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina hududiga harbiy kuchlarini safarbar etishni so‘rab maktub yo‘llaganiga doir xabarlarni ham izohlagan.

«Birinchidan bu maktub emas, bayonot. Ikkinchidan, qonun bor, prezident vakolatlari degan tushunchalar bor. Bularning barchasi huquqiy masalalardir. Hozir men bu savolga javob bersam, ba'zi aqli zaiflar gaplarni noto‘g‘ri talqin qilishadi, menga nisbatan qandaydir faktlarni topishga urinishadi. Men xalqimga xiyonat qilganim yo‘q. Men o‘z vakolatlarim va qonunchilik doirasida himoya qilishga urindim. Men sudda ham shuni ta'kidlay olaman. Men, garchi hozirgi Ukrainada bo‘layotgan boshboshdoqlikdan himoyalanish og‘ir bo‘lsa-da, himoyalanishga harakat qilaman», — degan Yanukovich. U, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni «maydon» bo‘yicha maxsus komissiya tuzishga chaqirdi.
Viktor Yanukovich ayni vaqtda Rostovda istiqomat qilayotganini ham ta'kidlab, og‘ir vaziyatda bo‘lishiga qaramay, ukrain xalqi uchun qandaydir xayrli ish qilishni orzu qilishini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026