Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Atletiko» javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qildi
Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Leverkuzenda bo‘lib o‘tdi. Unda «Bayyer» Madridning «Atletiko» jamoasini qabul qildi.
Avvaliga Saul hisobni ochdi. Grizmann oradagi farqni ikkitaga oshirgandi. Ikkinchi bo‘limning boshida Karim Belarabiy hisobdagi farqni qisqardi, biroq Kevin Gameyro o‘zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirib farqni tikladi. Biroq darvozabon va Savich bir-birin tushunmasdan kutilmagan avtogolni yuzaga keltirdi. Biroq oxir-oqibatda Fernando Torres tomonidan kiritilgan gol mehmonlarning ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishini ta'minladi.
YeChL, 1/8 final
Dastlabki uchrashuv
Bayyer (Germaniya) – Atletiko (Ispaniya) 2:4 (0:2)
Gollar: Belarabiy (48), Savich (67, avtogol) – Saul (17), Grizmann (25), Gameyro (58, penalti), Torres (86).
Bayyer: Leno, Vendell, Dragovich, Toprak, Xenrixs, Arangis, Belarabi (Poxyanpalo, 66), Xavertts (Folland, 56), Kampl, Brandt (Beyli, 87), Ernandes.
Atletiko: Moyya, Savich, Filipe Luis, Ximenes, Vrsalko, Ferreyra Karrasko (Torres, 78), Koke, Gabi, Saul, Grizmann (Korrea, 78), Gameyro (Parti, 71).
Ogohlantirishlar: Xenrixs (15), Dragovich (58), Vendell (64), Arangis (74), Torres (87), Gabi (89), Filipe Luis (90).
Mavzuga oid
08:49 / 28.09.2025
«Real» derbida 5 ta gol o‘tkazib yutqazdi
13:23 / 27.09.2025
Madridda derbi, «Arsenal» va «Liverpul»da qiyin safar. Hafta o‘yinlari anonsi
10:34 / 18.09.2025
Liverpulda yana drama, «Bavariya» «Chelsi»dan qasos oldi. Kun o‘yinlari
12:00 / 16.06.2025