Sport | 20:57 / 22.02.2017
6746
2 daqiqa o‘qiladi

Isko Madriddan ketishi haqiqatga yaqin

«Real» yarim himoyachisi Isko klubni tark etadi va o‘z xizmatlariga qiziqish bildirayotgan «Barselona» safiga borib qo‘shiladi.

Mundo Deportivo ma'lumotiga ko‘ra, katalonlar klubi futbolchini 2013 yildan buyon, u «Malaga»dan  «Qirollik klubi» safiga o‘tishidan oldin kuzata boshlagan. Ammo «Barselona» — Iskoni o‘z safida ko‘rishni istayotgan yagona klub emas. Ispaniya terma jamoasi a'zosi hisoblanadigan bu futbolchi uchun «Yuventus», «Manchester Siti» va «Chelsi» kabi jamoalar ham da'vogar bo‘lib turibdi.

Bundan avvalgi xabarlarda Isko Madridda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun boshqa jamoaga o‘tmoqchiligi aytilgandi. Joriy mavsumda u Primeraning 17 uchrashuvida 5 gol urib, 4ta golli pas berdi, ammo u bu o‘yinlarda faqat 11tasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan.

Iskoning «Real» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilgacha.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid