Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugundan rossiyaliklar Armanistonga ichki pasportlari bilan kirishi mumkin
Foto:RIA
23 fevraldan rossiyaliklar Armanistonga ichki pasportlari bilan kirishlari mumkin bo‘ladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan yuz berdi.
«Shuni katta mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, ertadan boshlab vizasiz safarlar tartibi bo‘yicha kelishuvlarga kiritilgan o‘zgarishlar amal qila boshlaydi. Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolari Armanistonga ichki pasportlari bilan borishlari mumkin bo‘ladi», - deya Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning armanistonlik hamkasbi Edvard Nalbandyan bilan 2017 yilning 22 fevral kungi muzokaralari yakuni bo‘yicha bayonotidan iqtibos keltiradi RIA «Novosti».
Avvalroq Rossiya va Armaniston mamlakatlar o‘rtasida ichki pasportlar bilan safar qilish haqida kelishib olganliklari xabar qilingandi. Buni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham tasdiqladi.
Mavzuga oid
21:50 / 13.03.2026
Rossiya neft eksportiga qo‘llanayotgan cheklovlar yumshatildi
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
16:10 / 13.03.2026