Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik ayollar bir oyga hijobga kirishga ahd qilishdi
Jahon Hijob kuni munosabati bilan kanadalik bir guruh ayollar musulmon opa-singillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir oy davomida hijob kiyishga ahd qilishdi. Ular buni bugungi kunda Shimoliy Amerika va dunyoning boshqa burchaklarida islomofobiyaning o‘sishi bilan izohlashdi. Bu haqida mamlakatdagi CBC telekanali va milliy radiokanallarda xabar qilindi.
Ularga ko‘ra, Albert provinsiyasida yashovchi yetti ayol "Sisterhood of the hijab" nomli tashabbus doirasida islom tamoyillariga ko‘ra, bir oy davomida bosh qismlari va tanalarini yopib yurishga hamda spirtli ichimliklar ichmaslikka ahd qilishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ro‘mol o‘rash ayollarga MakMyurreyda yashovchi musulmonlar bilan do‘stona aloqa o‘rnatishga imkon bergan.
Kanadada 1 053 945 nafar islom diniga mansub aholi istiqomat qiladi, bu mamlakat aholisining 3,2 qismini tashkil qiladi. Manbaga ko‘ra, bu mamlakatda har besh kishidan bittasi - xorijlik.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026