Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQShga yana bir bor tahdid qildi
KXDR "Qo‘shma shtatlar bilan munosabatlarda jismoniy choralar qo‘llashi mumkinligi"ni bildirib tahdid qildi. Mamlakatning bosh nashri "Nodon sinmun" gazetasida yozilishicha, shimol koreyslari "hali ham AQSh bilan urush holatida". Nashrdagilar Koreya yarim orolida 1950-1953 yillarda davom etgan uch yillik urush yakunida tomonlar vaqtinchalik yarash sulhi tuzgandi, bu tinchlik sulhi bo‘lmagan.
Maqolada "shu tufayli hech kim Pxenyanning o‘zini himoya qilish yo‘lidagi qadamlarini qoralashga haqli emasligi" keltirilgan.
"Biz istalgan vaqtda raketa uchirishimiz mumkin. Agar Vashington Pxenyanga bosim o‘tkazishda davom etsa, KXDR bu mamlakat va uning ta'siridagi boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarda jismoniy choralarni qo‘llashi mumkin", - deya ogohlantiriladi "Nodon sinmun" maqolasida.
KXDR rahbari Kim Chen In yangi yil murojaatida mamlakat qit'alararo uchuvchi raketani qurib, uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida gapirgandi. Shu oy avvalida shimoliy koreyaliklar o‘rta masofaga harakatlanuvchi ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026