Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora olmoqchi bo‘lgan profilaktika inspektori qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi profilaktika inspektorlaridan biri – katta leytenant Jamshid Qodirov fuqaro X.Bo‘tayevdan 1 mln 140 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda “Na postu” gazetasi yozmoqda.
Qayd etilishicha, Jamshid Qodirov sherigi B.Toshev bilan pasport-viza rejimini tekshirib yurgan paytida aka-uka R. va X.Bo‘tayevga tegishli bo‘lgan novvoyxonada ishlovchi ayollarda pasportlari yo‘qligini aniqlashadi. Ayollarga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi. Katta leytenant R.Bo‘tayevga qonun buzilish holatlarini bartaraf etishda “yordam ko‘rsatish”ni taklif qiladi.
Natijada X.Bo‘tayev inspektorning talabi bilan pullarni mashina bardachogiga soladi hamda mashinadan chiqadi, Qodirov esa qo‘lga olinadi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi J.Qodirovni 4 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi hamda unga uch yil mobaynida yuqori mansabli lavozimni egallashni taqiqladi.
Biroq uning chindan dildan afsus qilgani, shuningdek, avval sudlanmagani va bir nafar balog‘atga yetmagan farzandi borligi inobatga olinib, unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanildi hamda u sud zalidan ozod etildi.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
10:43 / 01.04.2026