Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ota uyidan reportaj
O‘zbek diyoridan chiqqan, o‘z ilmi, ma'rifati ila butun islom dunyosini yoritgan, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tug‘ilib voyaga yetganlar. Kun.uz tahririyatining ijodiy jamoasi viloyatga tashrifi davomida Hazratning ota hovlilarida mehmonda bo‘ldi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kuyovlari Muhammadkarim Ibayev bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Hazratning yigitlik vaqtlari, oilaga munosabatlari, umuman olganda, axloqlari haqida so‘z yuritildi.

“Men bu oilaga kuyov bo‘lib kelganimda Hazrat Liviyadagi universitetning so‘nggi bosqichida o‘qir edilar. U kishini ilk marta ko‘rganimda yoshlari o‘ttizlarga yaqinlashib qolgan yigit bo‘lib, ancha viqorli, salobatli zot edilar. Yoshi kattalar bilan turganlarida ham o‘ziga xos ilohiy salobat u kishini boshqalardan ajralib turishiga sabab bo‘lar edi”, dedi Muhammadkarim Ibayev xotiralariga yuzlanar ekan.
Suhbatdoshimizning ma'lum qilishicha, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘zlari ta'lim bergan ilmga, tushunchalarga, avvalo, o‘zlari amal qilganlar. Ko‘zga ko‘rinmas, bir qaraganda e'tiborni tortmaydigan oilaviy masalalarga ham o‘ta jiddiy va mas'uliyat bilan yondashganlar.

“Hech qachon jahl qilmas edilar. Juda achchiqlari kelsa, indamay bir qarab qo‘yardilar-ki, shuning o‘zi barchaga yetib ortar edi”, deb eslaydi Muhammadkarim Ibayev. “Ammo boshqalarga o‘xshab, baqir-chaqir qilib, g‘azabga minib, birovning ko‘nglini og‘ritmas edilar”.
Aslini olganda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning fazilatlari, axloqlari va ilmlari haqida qancha gapirilsa, qancha suhbatlashilsa, shuncha oz. U zotning kuyovlari bilan suhbatimiz davomida ham bunga amin bo‘ldik.

Yaqin kunlarda Kun.uz sayti bilan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ishlarining davomchisi, u kishining farzandlari Ismoilhoji Muhammad Yusuf bilan suhbat uyushtirish ham rejalashtirilgan.
YouTube
TAS-IX
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026