Jamiyat | 16:23 / 23.02.2017
5376
1 daqiqa o‘qiladi

Shanxay sobiq vitse-meri qariyb 7 mln dollar pora olgan

Foto: Fotolia

Shanxay ma'muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari Ay Baotszyun 6,28 million dollar miqdorida pora olishda aybdor deb topildi. Bu haqda Sina internet-portali xabar bermoqda.

Eshituvlar yakuniga ko‘ra aniqlanishicha, Ay Baotszyun “sovg‘a-salom hamda pullarni olgan, qarindoshlari tijoriy foyda olishlarini ta'minlash maqsadida xizmat vazifalarini suiste'mol qilgan”. Sobiq amaldorga hukm keyinroq chiqariladi. 

Ay Baotszyun 2007 yilning dekabrida Shanxay vitse-meri etib tayinlandi, u bunga qadar Xitoyning Baosteel yirik metallurgiya korporatsiyasini boshqargan. 2013 yilning sentabridan Ay Baotszyun Shanxay erkin savdo zonasini boshqarish bo‘yicha qo‘mitaga ham rahbarlik qilgan. 2015 yilning noyabrida esa unga nisbatan partiya ichida tartib-intizom bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilishi haqida e'lon qilindi.

 

Mavzuga oid