Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ekstremal avtopoygalar o‘tkaziladi
O‘zbekistonda har yili ikki marta doimiy asosda milliy sport o‘yinlari festivali tashkil etiladi. Ko‘pkari, kurash va shu kabilar asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar bahor va kuz mavsumlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu esa ichki turizm rivojiga hissa qo‘shishi, mamlakatning turli mintaqalarida sayyohlik bo‘yicha noqulay mavsum hisoblanuvchi bahor-kuz oylarida mehmonxonalar to‘lishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, har yili may oyida Qoraqalpog‘istonning Ustyurt hududidagi ekstremal yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro avtoralli tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda mahalliy va xorijiy avtomobilsozlik kompaniyalari, avto-, motofederatsiyalarni jalb qilish belgilangan.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, maxsus ixtisoslashtirilgan sayyohlik turlari serdaromad sohalardan biridir. Xususan, avvaldan tanlangan ekstremal yo‘nalishlar bo‘yicha bir necha avtorallilar tashkil etish O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Shunga ko‘ra, mamlakatning xorijdagi sayyohlik jozibadorligi va tanilishini ta'minlash maqsadida shu kabi yirik tomoshalarni o‘tkazish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida so‘z yuritilgan.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026