Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik mutaxassislar IUTdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi
Koreya Respublikasidagi Inha universiteti mutaxassislari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) dagi o‘quv jarayonini o‘rganib, tahlil qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Bu haqda IUT Axborot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiya tarkibidan Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta'lim bo‘yicha qo‘mita vakillari o‘rin olishdi.
IUTga tashrif davomida Janubiy Koreyalik mutaxassislar Toshkent shahridagi Inha universitetidagi o‘quv jarayonini o‘rganishdi. Tekshirish natijalariga ko‘ra Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta'lim bo‘yicha qo‘mita vakillari IUTdagi o‘quv standartlariga yuqori baho berdilar hamda ilm dargohida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.
Mazkur tashrif doirasida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti delegatsiyasi o‘quv jarayonida foydalanish uchun 100 xil nomdagi o‘quv adabiyoti va laboratoriya uskunalarini topshirishdi.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026