Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Kurdistonida mustaqillik uchun referendum o‘tkaziladi
Iroqning Kurdiston muxtoriyatida ertami-kechmi Bag‘dod roziligisiz mustaqillik uchun referendum o‘tkaziladi. Bu haqda muxtoriyat rahbari Mas'ud Barzaniy Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga bergan intervyusida bayonot bergan.
"Referendum bizning milliy huquqimiz hisoblanadi, - degan Barzaniy. – Bag‘dod xalqni bu huquqidan mosuvo qiladi deb o‘ylamayman, ammo u shunday qilgan taqdirda ham bizni to‘xtata olmaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq Kurdistonining mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazishga doir "tabiiy huquqi" bor.
Iroq Kurdistoni so‘nggi yillarda G‘arb mamlakatlarining ogohlantirishlariga qaramay, mustaqilligi borasida saylov o‘tkazishini bildirib kelmoqda. Barzaniy bu haqda 2014 yil 1 iyulida fikr bildirgan. Bir yil keyin Vashingtonda IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar poyoniga yetgach, referendum o‘tkazilishini aytgan edi.
Mavzuga oid
22:40 / 19.03.2018
Suriyadagi maqsadiga erishgan Turkiya endi Iroqda harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qilmoqda
17:45 / 14.03.2018
Iroq Kurdistonida xalqaro aeroportlar faoliyati tiklandi
17:30 / 02.01.2018
Bag‘dod Eron va Turkiya bilan chegara hududlarida nazorat o‘rnatdi
15:00 / 02.01.2018