14 mart kuni Iroq Kurdistonidagi aeroportlar xalqaro reyslar uçun rasman oçildi. Bu haqda kurdlarning telekanalida xabar berilgan.
«Iroq Kurdistonidagi aeroportlar xalqaro reyslar uçun oçildi», deya xabar bergan kanal.
Şuningdek, Iroq içki işlar vazirligi «As-Sumariya» telekanali orqali Arbildagi aeroportlardan birida uçişlar boşlanganini ma'lum qilgan.
Seşanba kuni Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy hafta davomida Iroq Kurdistoni bilan aviqatnovlarni tiklaşga farmoyiş bergandi. Boş vazir Içki işlar vazirligidagi çiqişida Arbil va Sulaymoniyadagi aeroportlar faoliyati yölga qöyilişi haqida gapirgandi.
Iroq Kurdistoni va federal hukumat örtasidagi munosabatlar 2017 yilning sentabrida ötkazilgan kurdlar referendumi tufayli sovuqlaşgandi. Öşanda referendumda qatnaşganlarning 93 foizi kurdlar mustaqil davlat bölib ajralib çiqişini qöllab-quvvatlagandi.
Referendumdan keyin Iroq hukumati muxtoriyatga nisbatan qator sanksiyalar qöllagandi. Ular qatorida - mintaqadan xalqaro reyslarni töxtatiş va bank amaliyotlari hududdan taşqarida amal qilişini töxtatiş ham bor edi.












