Eron hukumati Iroq Kurdistoni bilan oktabr oyida yopib qöyilgan çegara ötkaziş punktlarini oçdi. Bu haqda ISNA agentligi Arbildagi Eron konsulligiga tayangan holda xabar bermoqda.

"Iroq hukumati bilan maslahatlaşuvlardan söng, Parvizxon va Tamarçindagi Iroq Kurdistoni bilan çegara seşanba kuni oçildi, ular 25 sentabr kungi mintaqa mustaqilligi böyiça referendumdan keyin yopib qöyilgandi", - deyiladi bayonotda.

Iroq TIV 2017 yilning 15 oktabr kuni Eron Bağdod rasmiy hukumati iltimosiga köra, Iroq Kurdistoni bilan çegarani yopib qöygani haqida ma'lum qilgandi. Keyinçalik Başmak tumanidagi ötkaziş nuqtasi oçildi.