Iroq markaziy hukumati Turkiya va Eron bilan çegara hududlarida nazorat-ötkazuv punktlarida nazoratni öz qöliga olgan.

Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiyning davlat maslahatçisi Ehson aş-Şammariyning ma'lum qilişiça, Kurd muxtoriyati ma'muriyati mamlakat şimolidagi barça nazorat-ötkazuv punktlarini rasmiy Bağdodga topşirgan.

«Iroq Kurdistoni Iroq Konstitutsiyasiga amal qilgan holda çegaradagi barça ötkazuv punktlari va bojxona punktlarini, şuningdek, mamlakat şimolidagi aeroportlar nazoratini markaziy hokimiyatga topşirdi», - deya yozgan aş-Şammariy ijtimoiy tarmoqda.

Ayni vaqtda maxsus qömita iş rejasi tayyorlangan va Bağdoddagilar Arbil vakillari qarorini kutişmoqda.

«Referendum ortda qoldi», - deya qayd etgan Iroq boş vaziri maslahatçisi. U Iroq Kurdistoni rahbariyati vakillari Bağdodga taklif etilganini qöşimça qilgan.