Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Human Rights Watch tashkiloti faoliyati uchun ruxsat bermadi
Isroil ichki ishlar vazirligi Human Rights Watch huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotining mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi. Bu haqda HRW tashkiloti saytida xabar berilgan.
Tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, Isroil TIV 20 fevral kuni yo‘llagan maktubda tashkilotning Isroil va Falastin bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Umar Shokirga mamlakat hududida ishlash uchun ruxsat berilmagani ma'lum qilingan. Isroil IIV tashkilot faoliyatida "Falastin propagandasi ostidagi siyosat"ni qayd etgan. Isroil tomoni tashkilotni "huquqni muhofaza qiluvchi haqiqiy guruh emas" deb topgan.
HRW dasturi ijrochi direktori o‘rinbosari Yen Levayn Isroil hukumati qaroridan afsusda ekanini ma'lum qilgan.
Tashkilot ma'lumotida qayd etilishicha, Isroil hukumatining bu qarori kutilmagan bo‘ldi. Bu vaqtgacha HRW xodimlari Isroil hukumat a'zolari bilan tez-tez uchrashib turgan, xususan politsiya, harbiylar va IIV xodimlari bilan hamkorlik qilingan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026