Jahon | 12:12 / 24.02.2017
7565
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Nam o‘ldirilgan aeroport dezinfeksiya qilinadi

Malayziya hukumati Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va bir qator boshqa obektlarni “radioaktiv” materiallarga tekshiruvdan o‘tkazmoqchi. Bu haqda Kim Chen Nam qanday zaharli modda bilan o‘ldirilgani ma'lum bo‘lgach, politsiya rahbari ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

«Biz gumonlanuvchilar borgan barcha joylarni tekshiruvdan o‘tkazishni mo‘ljallaganmiz. Shuningdek bizga yadro energetikasi departamenti mutaxassislari ham ko‘mak beradi. Bu ishlar radioaktiv material izi qolganini aniqlash uchun o‘tkaziladi», - deya xabar berdi Malayziya politsiyasi boshlig‘i Holid Abu Bakar.

Agentlikning ta'kidlashicha, politsiya Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam qotilli bo‘yicha ishda ilk bora “radioaktiv material" so‘zlarini ishlatgan. 

Avvalroq Kim Chen In akasi qotilligida qanday zaharli modda qo‘llangani aniqlangani haqida xabar bergandik. Ma'lum qilinishicha, unga asab-falajlovchi ta'sirga ega bo‘lgan kimyoviy qurol VX Nerve Agent orqali suiqasd qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid