Jahon | 20:21 / 24.02.2017
4904
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida Iordaniya harbiy samolyoti falokatga uchradi

Iordaniya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti Saudiya Arabistonida falokatga uchradi, deb xabar bermoqda 24 fevralda "Petra" agentligi.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi harbiy operatsiyasida ishtirok etayotgan samolyot falokatga uchragan. Samolyot uchuvchisi katapulta qilishga ulgurgan, u Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari ko‘magida bugun, 24 fevraldayoq vataniga qaytariladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid