Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy janubidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubidagi Tszyansi viloyatida joylashgan mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi. Bu haqda 25 fevralda Xitoyning markaziy televideniyesi (CCTV) ma'lum qildi.
Avval ma'lum qilingandek, voqea Nanchan shahrida yuz bergan. Yong‘in binoning 2-qavatida ta'mirlash ishlari vaqtida boshlangan. Bino ichida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
O‘t o‘chiruvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish va qamalib qolgan odamlarni qutqarishda 160 dan ko‘proq odam va 19 ta o‘t o‘chirish brigadasi ishtirok etgan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar binoning 2-qavatini u yerda odamlar qolgan bo‘lishi mumkinligiga ko‘zdan kechirmoqdalar.
Yong‘in sabablari o‘rnatilmoqda.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:19 / 06.06.2026
Navoiyda mehmonxona oshxonasi yonib ketdi
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026