Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italyan oshxonasida osh qilinyapti: har holda reklamada shunday deyilgan
O‘zbekiston rivojlanish yo‘lida bozor iqtisodiyotiga o‘tgach shaxsiy biznes va uni yuritish tamoyillari ham vujudga keldi. Aytish mumkinki, bu ishlar pirovardida raqobat paydo bo‘ldi. Xaridorni o‘ziga jalb etish uchun reklama vositalariga katta urg‘u qaratildi. Ko‘cha kuyda, shahardagi reklama bannerlarida, OAV orqali turli mahsulotlarning reklamasi berila boshladi. Ammo, aytish mumkinki, bu borada me'yor qoidalari biroz buzilgandek.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Xurshida xonim degan foydalanuvchisi bu haqda o‘z ko‘rganlarini bayon etadi.

“E'tibor bergan bo‘lsangiz, hozir ko‘cha-kuyda turli kafe, restoran, umumiy ovqatlanish maskanlari talaygina. Bu, ayniqsa, turli oilaviy tadbirlar, turli marosimlarni o‘tkazish, do‘stlar bilan uchrashish uchun ayni muddao. Raqobat sharoitida bu joylar rahbarlari xaridor chaqirish maqsadida turli g‘oyalarni o‘ylab topishadi”, deb yozadi u.


“Hozir aynan kafelarning kiraverish peshtoqiga ilib qo‘yilgan turli-tuman, kishilarni chalg‘ituvchi reklamalar haqida so‘z yuritsak. “Somsamisan somsa”, “№1 somsa”, “Doda ......” bir nimalar va yana allaqanday reklamalar qay darajada o‘zini oqlaydi? Shu reklamaga mos tarzda somsa yoki boshqa taom yeyishimiz mumkinmi? Har doim ham “ha”, degan javob bo‘lmaydi. Reklamaga uchib, pand yeb qolishingiz hech gap emas. Taomini bir yeb, ketgan pulingizga achinib, boshqa kirmaydigan bo‘lib ketasiz. Kishilarni bunday tarzda aldashdan, ko‘zbo‘yamachilikdan nima foyda?”, degan savolni o‘rtaga tashlaydi Xurshida xonim.

Uning ta'kidlashicha, “Osh markazi” deb yozib qo‘yilgan ayrim joylarga kirsangiz kichkina qozonda osh turadi. Nomi esa Osh markazi. 5ta qozon osib, 500 kilolab osh damlasa boshqa gap edi. Tushdan so‘ng soat 14:00 larga borsangiz, osh tugagan bo‘ladi.
Hadislarda “bir-biringizning molingizni botil yo‘l bilan yemang”, deyiladi. Ya'ni, botil – aldamchilik, yolg‘onchilik qilib yemang, demoqchi. Belgilab qo‘yilgan reklama qoidalariga amal qilinsa, odamlar chalg‘imasa, bo‘lgani. Zero qaysi oshxona yaxshi, qaysi oshxona yomon buni xo‘randa hal etadi. Bunga reklama ham, chiroyli bezaklar ham katta ahamiyat kasb etmaydi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Mavzuga oid
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
15:24 / 22.04.2026
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
11:02 / 21.01.2026