Jamiyat | 23:18 / 25.02.2017
11347
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Marsning "yuragi" suratini namoyish qildi

Foto: NASA/JPL/University of Arizona

NASA  xodimlari Marsning tub tog‘ jinslarini ko‘rishga imkon beruvchi uning sirti suratini chop etishdi

Olimlar suratga izohda Qizil sayyora asosan mayda o‘lchamli jinslar bilan qoplanganini, bu jinslar tagida esa tub jinslar yashiringanini ta'kidlab o‘tdilar. Suratda  faqatgina qisman qum tepalar bilan qoplangan tub jinslarning qizg‘ish qatlamlarini ko‘rish mumkin.

Tasvir High Resolution Imaging Science Experiment (HiRISE) kamerasi yordamida olingan. Ushbu kamera Mars Reconnaissance Orbiter koinot qurilmasi bortiga o‘rnatilgan. Qurilma Mars sirtidan 300 km balandlikda joylashgan.

HiRISE’ning tvitterdagi rasmiy akkauntida olimlar Marsning "yuragini" tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishganini ta'kidlab o‘tganlar.

Mavzuga oid