Jahon | 09:43 / 25.02.2017
6372
2 daqiqa o‘qiladi

Trampga tahdid qilgan yigit qamoq jazosi oldi

AQShning Nyu-York shtatidagi Lokport shahrida yashovchi va AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga tahdid qilgani uchun qamoq jazosini o‘tagan 20 yoshli yigit Oq uyning yangi rahbari Donald Trampni o‘ldirish istagi uchun yana 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Niagara okrugi prokuraturasi vakili ma'lum qildi.  

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi Jared Braun o‘tgan yil dekabrida Lokport politsiya bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, Trampni o‘ldirmoqchi ekanligini aytgan. Huquq-tartibot muassasalari nazoratida bo‘lgan yigit o‘sha kuniyoq hibsga olingan. Prokuratura xabarida aytilishicha, Braun shartli-muddatdan oldin ozodlikka chiqarilish shartlarini buzgan.   

2015 yil sentabrda yigit politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Obamani o‘ldirmoqchi ekanligini aytgani uchun jazolangandi. Yigit panjara ortida 15 oy o‘tkazib, muddatdan avval ozodlikka chiqarilgan va nazorat ostiga olingandi.

AQSh huquq-tartibot muassasalari Oq uy rahbariga bildiriladigan tahdidlarga doimo jiddiy munosabatda bo‘lib kelishgan. Yanvarda Floridada politsiyachilar ijtimoiy tarmoqlarda Trampni inauguratsiyasigacha o‘ldirish bilan tahdid qilgan 51 yoshli Dominik Pupoloni hibsga olishgandi. Pupologa nisbatan 1 mln dollarlik garov puli va psixiatrik ekspertiza belgilangan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid