Jahon | 00:09 / 25.02.2017
8018
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada o‘lim jazosi qaytarilishi mumkin

Foto:RIA

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar parlament o‘lim jazosi joriy qilinishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etsa, mamlakatda uning qaytarilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.    

Avvalroq Erdo‘g‘an 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish ishtirokchilariga nisbatan o‘lim jazosi kiritish haqidagi qonunni agar parlament qabul qilsa, imzolashga tayyorligini aytgandi. 

"Men o‘lim jazosi joriy qilinishi parlament tomondan tasdiqlansa, uning qaytarilishini ma'qullayman, deb aytganman. Biroq muammo shundaki, bunday o‘zgarishlar konstitutsiyaga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Biz agar bu qonun parlament tomondan rad etilsa, bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishimiz mumkin. Agar xalq o‘lim jazosi qaytarilishiga ovoz bersa, unda bu masalaga nuqta qo‘yiladi", deb aytgan Erdo‘g‘an Manis viloyatidagi namoyishda.

Turkiyada oxirgi o‘lim jazosi 1984 yilda ijro etilgan. 2004 yilda esa o‘lim jazosi Yevropa Ittifoqiga kirish standartlariga mos kelish uchun bekor qilingan. Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker agar Turkiya o‘lim jazosini tiklasa, unda Yevropa Ittifoqi uning Yevropa blokiga qo‘shilishi bo‘yicha jarayonni darhol to‘xtatishini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid