Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashini tark etishi mumkin
© AP Photo
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri amerikalik amaldorlarga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Nashr manbasi ma'lumotiga ko‘ra, AQSh bu qadamni tashlashi BMTning Isroil qurayotgan noqonuniy manzilgohlar yuzasidan rezolyutsiyasiga javoban bo‘lishi mumkin.
BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashining keyingi majlisida ushbu masala muhokama qilindi, ammo Politico nashrida yozilishicha, AQSh tomonidan qandaydir qaror kutilmayapti.
BMT Xavfsizlik Kengashi 23 dekabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilgan rezolyutsiya Isroildan Falastinning okkupatsiya qilingan hududlarida manzilgohlar qurib, u yerga yahudiylarni ko‘chirish xatti-harakatlarini zudlik bilan to‘xtatish talab qiladi. Hujjatni Xavfsizlik kengashining 14 a'zosi qo‘llab-quvvatladi, AQSh delegatsiyasi betaraf qoldi, veto huquqidan foydalanmadi.
Mavzuga oid
20:37
Vashingtondagi otishma savollarni ko‘paytirmoqda
01:54
Melaniya Tramp Oq uyda asalarichilikni kengaytirmoqda
10:40 / 26.04.2026
Tramp qatnashayotgan tadbirda otishma: Oq uy a’zolari evakuatsiya qilindi
18:13 / 22.04.2026