Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko qrimliklarni o‘z holida tashlab qo‘ymaslikka va'da berdi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Qrim aholisini «ko‘maksiz qoldirmaslik»ka va'da berdi.
«Biz o‘z fuqarolarimizni, Rossiya tomonidan vaqtinchalikka okkupatsiya qilingan fuqarolarimizni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz», — deya yozilgan ukrainaliklar yetakchisining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu yarim orolda «inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun javobgar bo‘ladi».
«Butun dunyo biladi: Qrim — Ukraina. Biz kurashni davom ettiramiz», — deya qayd etgan u.
Bundan oldinroq Poroshenko Rossiya tomonidan mavjud «keng ko‘lamli urush» xavfi haqida gapirib, rasmiy Moskvani Qrimda harbiylari sonini oshirishda ayblagandi.
Qrim 2014 yilning martida o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiya tarkibiga qo‘shib olingandi.