Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi selfisevarlar uchun yangi foydali aksessuari - Mi Tripod Selfie Stick'ni namoyish etdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi.
Yangi jihoz smartfonning frontal kamerasiga s'yomkaga olishga mo‘ljallangan monopod hisoblanadi. U zarurat tug‘ilganida tripodga (uch oyoqli uskuna) aylanadi.
Mahsulot alyuminiy qotishmadan iborat teleskopik asos, mobil qurilma uchun 360 darajaga buriluvchi yumshoq qisqich, rezina dasta va masofadan boshqariluvchi pultga ega. U dastaga mahkamlanib, 10 metrgacha bo‘lgan masofadan foydalaniladi.
Mi Tripod Selfie Stick uskunasi Android 4.3 KitKat, shuningdek iOS 5 va undan keyingi boshqaruv ostidagi smartfonlarga ulanadi. Yig‘iluvchi portativ monopod-transformer 155 gramm og‘irlikka ega. U qora va kulranglarda taklif etiladi. Narxi - 13 dollar. Hozircha uni faqat Xitoy hududida xarid qilish mumkin.






Mavzuga oid
17:00
Xiaomi’dan Yangi yil aksiyasi: 15-31 dekabr kunlari Redmi smartfonlariga maxsus narxlar
00:11 / 14.12.2025
Xiaomi “ChatGPT qotili”ni ishlab chiqdi
23:08 / 07.12.2025
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
22:06 / 28.10.2025