Hindistonda qayiq ag‘darilishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning janubidagi Tamilnad shtatida, Bengal ko‘rfazida sayr qayig‘i ag‘darilishi oqibati 9 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi bedarak yo‘qolgan. Halok bo‘lganlar orasida 14 yoshgacha bo‘lgan 6 bola bor. Bu haqda NDTV telekanali ma'lum qildi.
Tuttikorin okrugi o‘t o‘chirish-qutqaruv xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlar bilan ortiqcha yuklangan qayiq Chennay shahridan 600 km uzoqlikdagi Manapadi qishlog‘i yaqinida peshinga yaqin yuz bergan. Suvdan chiqarib olingan 19 kishidan bir nechasi jiddiy jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
"Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘rfaz bo‘ylab sayr qilish uchun qayiqni Tiruchendur shahridan kelgan 3 oila buyurtma qilgan. Hozircha yo‘lovchilar soni haqida aniq ma'lumot yo‘q, chunki ekskursiyani yakshanba kuni sayyohlarda pul ishlagan mahalliy baliqchilar uyushtirgan. Ularning barchasi voqeadan keyin jazo olishdan qo‘rqib qochib ketgan", deb aytdi okrug vakili Ravi Kumar.
Qutqaruv operatsiyasi yakunlanib, tergov boshlangan. Qayiqning egalari qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
09:40
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
00:00 / 29.10.2024