Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik Jorj Bush Trampni tanqid qildi
AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bush AQShga Donald Tramp jamoasining Rossiya vakillari bilan aloqalari borasidagi savollarga javob kerakligini aytdi. Bush, shuningdek, Tramp tanqid qilgan jurnalistlarning yonini oldi.
Bush NBC telekanaliga bergan intervyusida Trampni tanqid qildi.
Biroq Bush bu masala bo‘yicha Demokratik partiya vakillari talab qilgan va respublikachilar qo‘llab-quvvatlagan maxsus prokurorlik tergoviga ehtiyoj borligiga shubha bildirdi.
"Fikrimcha, bizning barchamizga javoblar kerak. Biroq men buni aynan shunday yo‘l bilan qilish kerakligiga ishonchim komil emas, biroq savollarga javob berish kerak", deb aytgan Bush.
Sobiq prezident shuningdek erkin matbuotni demokratiyaning ajralmas qismi sifatida himoya qildi.
Avvalroq Tramp OAVning ba'zi vakillarini, jumladan NBC’ni "xalq dushmanlari" deb atagandi hamda o‘z jamoasining go‘yoki Rossiya bilan aloqasi borligi haqidagi xabarlarni "yolg‘on xabarlar" deb atagandi.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50 / 06.07.2026