Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi fuqarolarga huquqiy yordam berishni yo‘lga qo‘ydi
Aholiga qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularning muammo va takliflarini eshitib ularga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida haftaning har juma kuni “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilishi belgilanib, mas'ul xodimlar ishtirokida alohida jadval tasdiqlangan va har haftaning juma kuni fuqarolar qabul qilinib, ularning muammo va takliflarini eshitib huquqiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bu haqda targ‘ibot va huquqiy ma'rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi I. Aldabergenov ma'lumotiga asoslanib, Kruz.uz xabar bermoqda.
Shuningdek, vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatida soha yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan aholini xabardor qilish hamda ularni qiziqtirayotgan savol va takliflariga javob berish maqsadida, televideniyeda “Xalq minbari” teleko‘rsatuvi tashkil etib, unda fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
08:37 / 25.05.2026
O‘zbekistonda kripto-mayningni nazorat qilish kuchaytiriladi
11:51 / 22.05.2026